my5
Sevimli

“Kichkina katta odam” qisqa metrajli filmining suratga olish ishlari yakunlandi

Madaniyat 06.11.2020, 12:44
“Kichkina katta odam” qisqa metrajli filmining suratga olish ishlari yakunlandi

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi” DUK tomonidan “Kichkina katta odam” qisqa metrajli filmining tasvirga olish ishlari nihoyasiga etdi.

Ssenariy muallifi Komila Abdujabborova, postanovkachi rejissyor Roman Grublyak, postanovkachi operator Shahlo Rahimova, ovoz rejissyori Malik Ro`ziboev, postanovkachi rassom Aleksandra Efimenko, gafer Ivan Xaritonov, kartina direktori Sharif Qosimboev.

Filmda bosh qahramonning oilaviy muammolar tufayli qiyinchiliklarga uchrashi aks ettirilgan. Yana ko`ngilsizliklar sabab yog`ochdan qayiq yasash bilan shug`ullanib yurgan bola sevimli mashg`ulotidan voz kechib, katta hayotga qadam qo`yishi kabi voqealar haqida hikoya qilinadi.

“Kichkina katta odam” qisqa metrajli filmida Abdulloh Sadriddinov, Ekaterina Kazachkova, Feruz Bahodirov, Ikrom Mullajonov, Timur Karimov, Adel Asfina kabi aktyorlar rol ijro etishgan.

Шарҳлар