my5
Sevimli

“Faridaning ikki ming qo`shig`i” filmi yana bir xalqaro kinofestivalda qatnashadi

Madaniyat 06.11.2020, 15:12
“Faridaning ikki ming qo`shig`i” filmi yana bir xalqaro kinofestivalda qatnashadi

«O`zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Fox music cinema" studiyasi tomonidan suratga olingan “Faridaning ikki ming qo`shig`i” badiiy filmi Rossiyadagi “Moskva premerasi” xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi. Bu haqda "O`zbekkino" MA Axborot xizmati ma`lum qildi.

“Moskva premerasi” II Hamdo`stlik mamlakatlari filmlari xalqaro festivali joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida bo`lib o`tadi. Unda MDHga a`zo mamlakatlar, jumladan Ozarbayjon, Gruziya, Qozog`iston, Latviya, Moldova, Rossiya, O`zbekiston, Estoniya kabi davlatlarning milliy filmlari ishtirok etadi.  

“Faridaning ikki ming qo`shig`i” filmi ssenariy muallifi va rejissyor Yolqin To`ychiev, postanovkachi operator Bahodir Yo`ldoshev, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, film direktori Shavkat Rizaev. Rollarda: Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona O`ljaeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Hojiqulieva va boshqalar.

Filmda o`tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ko`rsatgan ta`siri bir oila misolida ochib beriladi. Yuz berayotgan voqea-hodisalarga e`tibor bermay, odamlardan narida  uch nafar xotini bilan umrguzaronlik qilayotgan Komil  to`rtinchi bor uylanadi. Yangi ayolning oilaga kirib kelishi bilan bog`liq ba`zi mojarolar va hududdagi siyosiy ahvol xonadonning parokanda bo`lishiga sabab bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, mazkur film joriy yilning 21-30 oktyabr kunlari Janubiy Koreyada o`tkazilgan Pusan xalqaro kinofestivalida ishtirok etgan.

Шарҳлар