my5
Sevimli

Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi

Madaniyat 07.11.2020, 20:53
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan (691-son, 06.11.2020y.) Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Davlat stipendiyasi respublika davlat OTMlarining quyidagi yo`nalishlari oxirgi ikki kursida ta`lim olayotgan bakalavriat bosqichi talabalariga tayinlanadi:

 dastgohli rangtasvir;

 rangtasvir (turlari bo`yicha);

 grafika va miniatyura;

 haykaltaroshlik (turlari bo`yicha);

amaliy san`at (turlari bo`yicha);

 dizayn (turlari bo`yicha);

san`atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bo`yicha).  

Davlat stipendiyasi O`zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan o`tkaziladigan tanlov natijalariga asosan tayinlanadi.

Eslatib o`tamiz, Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi Prezidentning 2020 yil 21 apreldagi PQ-4688-son qarori bilan ta`sis etilgan.

Hujjat haqidagi to`liq ma`lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Шарҳлар