my5
Sevimli

COVID-19 tarqalishini og`izni tez-tez yuvish orqali kamaytirish mumkin

Salomatlik 09.11.2020, 12:42
Теглар: COVID -19
COVID-19 tarqalishini og`izni tez-tez yuvish orqali kamaytirish mumkin

Kardiffda o`tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko`ra, ba`zi turdagi og`iz yuvish vositalarini qo`llash orqali koronavirus yuqish xavfini kamaytirish mumkin.

Tadqiqotchilar «virususid ta`siriga» ega bo`lgan setilpiridiniyum xlorid bo`lgan og`iz yuvish vositalarining antiviral ta`sirini ta`kidladilar. Bu haqda Daily Paragraph nashriga tayanib, "tarjumon.uz" xabar bermoqda.

Tadqiqot davomida bir nechta mashhur og`iz yuvish vositalari COVID-19 ga qarshi tajribasidan o`tkazildi. Natijalar shuni ko`rsatdiki, kimyoviy tarkibidagi mahsulotlar 30 soniyadan kamroq vaqt ichida og`iz bo`shlig`idagi virus patogenlarini yo`q qilgan. 

Uelsdagi Kardiff universiteti Tizimlarning immunitetini o`rganish instituti direktori, professor Valeriy O`Donnelning ta`kidlashicha, tadqiqot umidbaxsh natijalarni qayd etayotgan bo`lsa-da, to`la ishonch hosil qilish uchun qo`shimcha tadqiqotlar o`tkazish talab qilinadi.

Шарҳлар