Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Erkin MUSABOEVning aytishicha, tuya sutining sirrozni yoki boshqa og`ir kasalliklarni davolashda samara berishi tibbiyotda isbotlanmagan.
Qolaversa, xomligicha ichilgan sut boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, brusellyoz yuqishi xavfi ortadi. Boz ustiga katta yoshli odamlarda sutni hazm qiluvchi fermentlar yo`qligi tufayli sutning hazm bo`lishi qiyinlashib ichak dam bo`ladi. Allergik reaksiyalar kelib chiqishi mumkin.