AsosiySalomatlik

Koronovirusdan tuzalganlarga nimalar tavsiya etiladi?

'Koronovirusdan tuzalganlarga nimalar tavsiya etiladi?'ning rasmi

AOKAda o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva aholidan tushgan ushbu savolga quyidagicha javob qaytardi:

" - Koronovirus kasalligidan bemorlar ahvoli yaxshilanishi, salomatlik ko`rsatkichlarining me`yorga yaqinlashishi bilan kasalxonadan chiqishga ruxsat etiladi.

Biroq bu bemorlar to`liq tuzalgan degani emas, chunki virus yangi, uning mutasiyasi va har odamda turli xil kechishi o`tayotgani, shuningdek, kasalxonada koronavirusning o`rtacha, og`ir va o`ta og`ir shakllarini o`tkazganlar, ayniqsa keksalar organizmida kuzatiladigan o`zgarishlarni tiklash maqsadida oilaviy shifokorga murojaat qilish talab etiladi.

 Ba`zilar kasallikni engil darajada o`tkazib, uy sharoitida davolanmoqda, ularni ahvoli yaxshilansa ham, oilaviy shifokor nazoratida ma`lum muddat bo`lish talab etiladi. Oilaviy shifokor dispanser nazoratiga oladi.

️ Nazorat davomida bemorlar organizmi tiklanishida paydo bo`ladigan o`zgarishlarga qarab, tor soha mutaxassislari (kardiolog, nevropatolog, pulmonolog, gastroenterolog va boshqalar) konsultasiya o`tkazib, bemor organizmiga kasallikdan tiklanishga yordam berishadi.

Kasalxonada davolangan va kasallikni og`irroq kechirgan bemorlar maxsus reabilitasiyaga muhtoj bo`lib, ularda nafas tiklanishi, ya`ni saturasiya (hujayralarning kislorod bilan ta`minlanish ko`rsatkichini ko`tarish uchun) shifokor nazoratida maxsus dori vositalarni davom ettirishlari, zarurat tug`ilsa, fizioterapevtik davolarni olishlari kerak bo`ladi.  

 Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish (qo`llarni tez-tez, 20 soniya davomida sovunlab yuvish, tomoqni tez-tez chayish, ko`p suyuqliklar ichish, sog`lom ovqatlanish va engil jismoniy faollikni olib borish) bilan hayotda uchrashi mumkin bo`lgan turli xil boshqa yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasini olib borishga yordam beradi.

    Boshqa yangiliklar