Sevimli

Moskvada koronavirus tufayli yangi cheklovlar joriy etildi

Dunyo 10.11.2020, 18:36
Теглар: Moskva, koronavirus
Moskvada koronavirus tufayli yangi cheklovlar joriy etildi

Moskva meri Sergey Sobyanin COVID-19 bilan bog`liq vaziyat tufayli qo`shimcha cheklovlar joriy etilishini e`lon qilindi,  deya yozmoqda "Sputnik".

- 23:00 dan 6:00 gacha umumiy ovqatlanish (restoran, kafe, bar) mehmonlarga xizmat ko`rsatmaydi. Bu mahsulotni olib ketish va etkazib berishga taalluqli emas.

- universitet va kollej talabalari masofadan turib o`qishga o`tkazilmoqda. Talabalarning transport kartalari vaqtincha bloklanadi, ularga "uy rejimi"ga rioya qilish tavsiya qilindi.

- teatrlar, kinoteatrlar va konsert zallaridagi maksimal sig`imi 25 foizgacha qisqartirildi.

- sport tadbirlariga tomoshabinlar qabul qilinishi davom etadi, ammo endi tashkilotchilar harakatlarni Moskva sport boshqarmasi va Moskva Rospotrebnadzor ma`muriyati bilan kelishilishi kerak.

- madaniy, ko`ngilochar va ma`rifiy tadbirlarni o`tkazish vaqtincha to`xtatiladi. Bu ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy tadbirlariga taalluqli emas.

- binolarda joylashgan bolalar kunduzgi oromgohlari va bolalar ko`ngilochar markazlarining ishi to`xtatiladi. Bolalar uchun mashg`ulotlar ochiq havoda o`tkazilishi mumkin.

Cheklovlar ikki oy 13 noyabrdan 2021 yil 15 yanvargacha joriy etiladi.

 

 
  

Шарҳлар

Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni 350 milliondan oshdi

24.01.2022, 19:54

Dunyo bo`yicha koronavirus yuqtirish holatlari soni 351 mln 069 733 mingdan oshdi. Bu haqda Worldometers xabar bermoqda.Pandemiya boshlanganidan buyon 5 mln 596 mingdan ortiq kishi...
Yangi Zelandiya bosh vazirining to`yi karantin sabab boshqa muddatga qoldirildi

24.01.2022, 00:34

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatda yangi karantin cheklovlari joriy etilishiga bag`ishlangan matbuot anjumanida o`zining to`yi bekor qilinganini ma`lum qildi. Bu haqda Sky News...
Pekinda Qishki olimpiada oldidan koronavirus bilan bog`liq holatlar soni oshmoqda

24.01.2022, 00:05

Xitoy poytaxti Pekinning bir nechta tumanlarida  o`nlab infeksiya holatlari aniqlanganidan keyin  ommaviy tekshiruvdan o`tmoqda. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. Fentay hududida yashovchi odamlarga shaharni tark...
Buyuk Britaniyada karantin cheklovlari bekor qilinmoqda

22.01.2022, 19:23

Buyuk Britaniyada 27-yanvardan boshlab yopiq joylarda va transportda niqob taqish majburiy bo`lmaydi. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda. Qayd etilishicha,  ommaviy tadbirlar va tungi klublarda qatnashish uchun...