my5
Sevimli

Sambo bo`yicha jahon chempionatida o`zbekistonlik IIB xodimi g`olib bo`ldi (foto)

Sport 11.11.2020, 11:21
Sambo bo`yicha jahon chempionatida o`zbekistonlik IIB xodimi g`olib bo`ldi (foto)

Sambo bo`yicha jahon chempionatida Farg`ona viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimi ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Farg`ona viloyati IIB xodimi kichik serjant Saydamatov Lutfilla Xayrulla o`g`li joriy yilning 3-9 noyabr kunlari Serbiya Respublikasi Novi-sad shahrida sportning Jangovar sambo turi bo`yicha o`tkazilgan jahon chempionatida qatnashgan. U murosasiz bahslarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli ikkinchi o`rinni qo`lga kiritgan.
 

Шарҳлар