my5
Sevimli

Andijonda psixotrop dori vositalari savdosiga chek qo`yildi

Salomatlik 11.11.2020, 11:47
Теглар: Andijonda psixotrop dori vositalari
Andijonda psixotrop dori vositalari savdosiga chek qo`yildi

Andijon viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor, profilaktik tadbirlari natijasida, Andijon shahrida istiqomat qiluvchi 1947 y.t. M.M.ning yoni ko`zdan kechirilganida 39 dona "Lirika", 25 dona "Sikladol", 2 dona "Tropikamid", 52 dona "Regapen", 2 dona "Finobarbitol", 10 dona "Galapiril", 23 dona "Benzonal", 40 dona "Triftazin", 20 dona "Azaleptol", 20 dona "Galoperidol", 14 dona "Aminazin", 20 dona "Gidometforte", 30 dona "Rusan" 10 dona "CERRATA" hamda 81 "Tramadol" dori vositalarini sotish maqsadida saqlayotgani aniqlangan. deya xabar qilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Unutmang, O`zbekistonda kuchli ta`sir qiluvchi moddalar ro`yxatiga kiritilgan alohida dori vositalarining chakana savdosi faqat ijtimoiy dorixonalar, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va realizasiya qilish (berish) faoliyatiga lisenziyasi mavjud bo`lgan dorixonalar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Шарҳлар