Og`ir vazn toifasida birinchi UFC kamari sohibi Mark Koulmen shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda sportchining qizi “Instagram” sahifasida yozgan postlarga tayanib Olamsport ma`lum qildi.
Xabarda aytilishicha 55 yoshli sobiq chempion yurak xurujiga uchragan.
Ma`lum bo`lishicha, xavf o`tib ketgan, hozirgi vaqtda Koulmenning ahvoli yaxshi va uning hayotiga hech qanday xavf solmayapti.