Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurashi shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokda brifing o`tkazildi.
"Men kornovirus kasalligi bilan kasallandim. Qarindoshlarim yaqinda boshqa kasaldan tuzalish uchun ko`p dori qabul qilganligim sababli, dori-darmonlar o`rniga tabiiy giyohlar ichish yaxshi foyda beradi deb aytdilar. Shu to`g`rimi? Ahvolim yaxshilanmayapti."
Unda aholidan tushgan ushbu savolga quyidagicha javob qaytarildi:
"-- Noto`g`ri. Koronavirus kasalligini viruslar keltirib chiqaradi. Shu bois bemorni tekshiruvdan o`tkazib, kasallikni turini aniqlamaguncha, bemorning umumiy ahvolini bilmaguncha, aniq davo choralarini ko`rmaguncha, kasallikdan tuzala olmaymiz, aksincha, kasallik o`rta og`ir turida kechayotgan bo`lsa, rivojlanib borishi mumkin.
Tabiiy giyohlar koronavirus infeksiyasida asosiy dori vositalar bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin, lekin bir o`zi monoterapiya sifatida yordam bermaydi. Maxsus davo kurslarini to`liq qabul qilib bo`lgach, keyinchalik profilaktika maqsadida shifokor tavsiyasi asosida tabiiy giyohlar ichsa bo`ladi. Biz Sizga koronavirus alomatlarining birinchi kunidan yashash xududingizdagi oilaviy poliklinika shifokorlariga murojaat etishni tavsiya qilamiz," -- dedi Barno Abdusamatova.