Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 11 noyabr kuni soat 18:50 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko`chasidagi avtomobil ko`prigi ustida, haydovchi 1998 yilda tug`ilgan L.A. “LACETTI” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo`qotgan va qarama-qarshi bo`lakka o`tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1976 yilda tug`ilgan M.A. boshqaruvidagi “IVECO” rusumli maxsus evakuator bilan to`qnashgan.Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi. ![]() Natijada “LACETTI” rusumli avtomobil haydovchisi 22 yoshli L.A. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. ![]() Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga, tezlik me`yoriga, yo`l belgilari va chiziqlari talablariga amal qilishlarini, o`zi va o`zgalar salomatligini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz. |
06.01.2021, 17:41
Ijtimoiy tarmoqlarda "Beshyog`ochda "Neksiya" yonib ketdi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Hodisa yuzasidan IIV YHXBB ma`lumot berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 6 yanvar kuni soat 14:10larda Toshkent shahar,...20.11.2020, 22:06
Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkentning Chilonzor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish masalalari muhokamasi yuzasidan mahalla raislari, yoshlar, mutasaddilar ishtirokida yig`ilish o`tkazdi.– Bugun tumanda «o`sish nuqtalari»ni aniqlab, iqtisodiyotni...09.11.2020, 08:47
Farg`ona halqa avtomobil yo`li (R-112)ning Andijon viloyati Asaka tumani «Yuqori Bo`z» mahallasi hududidan o`tgan qismida 6 noyabr kuni soat taxminan 23:50 da inson o`limi bilan...23.10.2020, 22:09
YTH ro`y berishi ehtimoli yuqori bo`lgan yo`l qismi haqida ogohlantirish – sizningcha foydali bo`ladimi? Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati...