my5
Sevimli

​​Aholi salomatligi uchun mahsulotlar xavfsiz yoki zararli ekanligini ko`rsatuvchi belgilar bilan tamg`alanadi

Salomatlik 11.11.2020, 21:22
Теглар: Mahsulot
​​Aholi salomatligi uchun mahsulotlar xavfsiz yoki zararli ekanligini ko`rsatuvchi belgilar bilan tamg`alanadi

"Aholining sog`lom ovqatlanishini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida" gi Prezident qarorida qayd etilishicha, oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida tuz, qand va yog` miqdori inson sog`lig`i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini ko`rsatuvchi belgilar bilan tamg`alash ikki bosqichda joriy etiladi.

2021 yil 1 iyuldan boshlab:

oziq-ovqat mahsulotlarini tamg`alash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi;

xavfsizlik belgisi bilan tamg`alangan oziq-ovqat mahsulotlarining reklamasi imtiyozli tariflar asosida tarqatiladi (joylashtiriladi);

ta`lim, sport va tibbiyot muassasalarida xavfsizlik belgisi bilan tamg`alanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga yo`l qo`yilmaydi hamda bunday mahsulotlarni realizasiya qilish savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi;

2025 yil 1 yanvardan boshlab respublika hududida realizasiya qilish uchun olib kiriladigan va mahalliy ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari ularning inson sog`lig`i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini ko`rsatuvchi belgilar bilan majburiy tartibda tamg`alanadi.

Bunda tarkibida tuz, qand va yog` miqdorini hisobga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlarining inson sog`lig`i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini belgilash davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 

 

Шарҳлар

​Reklama tufayli xarid qilinadigan keraksiz 20 mahsulot

19.06.2017, 10:46

Hozir shunday zamonki, katta-kichik yorliqlar, reklama roliklari bizni betinim harid qilishga rag`batlantiradi. Gazeta, jurnal, televidenie, radio va har qadamda uchraydigan bannerlardagi ko`tarinki kayfiyat bag`ishlovchi gaplar,...
Turp: ozdiradi, yoshartiradi, qonni ko`paytiradi

12.01.2017, 15:07

Tanangiz madorsizlanayotganini sezayapsizmi, davosini uzoqdan axtarmang-da, uydagi bor mahsulotlarga diqqat qarating. Misol uchun, kuzda pishadigan qarsildoq turpga. U shamollashda asqotishini hammamiz bilamiz, ammo xotirani charxlashi,...
Hammasi mandarin haqida!

22.12.2016, 15:01

Yangi yil arafasida barchaga sevimli meva – mandarinlar dasturxonimizdan joy oladi. Xitoyda ushbu sitrus mevani tortiq qilish urfga kirgan bo`lib, aytishlaricha bunday sovg`a baxt va...
Turp — salomatlik qo`riqchisi

21.12.2016, 14:57

Mikroblardan muhofaza qiladi, organizmdan zaharli moddalarni haydovchi engil singuvchi birlashmalarga boy. Turp sabzavotlar orasida kaliyga eng boyi. Ateroskleroz, podagra, buyrak kasalliklarida, shuningdek, ishtahani ochish uchun...