my5
Sevimli

Shavkat Mirziyoev Qarshi shahridagi Davlat xizmatlari markazi va Texnopark faoliyatini ko`zdan kechirdi

Siyosat 12.11.2020, 16:33
Теглар: Shavkat Mirziyoev
Shavkat Mirziyoev Qarshi shahridagi Davlat xizmatlari markazi va Texnopark faoliyatini ko`zdan kechirdi

Davlat xizmatlari markazida 140 turdagi xizmat ko`rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan. Yuqori tezlikda internet, zamonaviy texnikalar fuqarolarga tez, shaffof va qulay davlat xizmatlarini taqdim etishga mo`ljallangan. Joriy yil fevralda foydalanishga topshirilgan ushbu muassasada shu paytga qadar 300 mingdan ziyod davlat xizmatlari ko`rsatilgan. Shundan 2 mingga yaqini filiallar orqali, mingga yaqini esa sayyor tarzda amalga oshirildi. Markaz binosida Prezidentning Xalq qabulxonasi va Bosh vazir qabulxonasi ham joylashgan.

Davlatimiz rahbari bu erdagi sharoitlar bilan tanishib, xizmatlar ko`lami bilan qiziqdi. Odamlar talabidan kelib chiqib, yangi xizmat turlarini yo`lga qo`yish, mahallalar bilan onlayn bog`lanib, aholiga qulaylik yaratish bo`yicha topshiriqlar berdi. Bunday markazlarda ko`rsatilayotgan xizmatlardan odamlarning xabardorligini oshirib, keng foydalanishga o`rgatish muhimligini ta`kidladi.

- Davlat xizmatlari markazi orqali odamlar davlatning e`tiborini sezishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Ma`lumki, hududlarda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki filiallari tashkil etilib, soha mutaxassislariga yaxshi sharoitlar yaratilmoqda.

Qarshi shahrida barpo etilgan IT-texnoparkda ham veb-dizaynerlar, dasturchilar va robototexniklar o`z faoliyatini boshlagan. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o`quv kurslari tashkil etilgani natijasida axborot texnologiyalariga qiziquvchi yoshlarga keng imkoniyat yaratildi. Ilk natijalar ham qo`lga kiritilmoqda.

Jumladan, eng yaxshi davlat mobil ilovasini ishlab chiqish bo`yicha O`zbekiston oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida o`tkazilgan “mGovAward” tanlovida qashqadaryolik yoshlardan tuzilgan jamoa g`olib bo`ldi. Ular yaratgan chet tillarini masofaviy o`qitish mobil ilovasini takomillashtirish uchun 500 million so`m mukofot puli ajratildi. 

Prezident ushbu yosh dasturchilarni muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi maqsadlarini so`radi. Ularning loyihani yanada rivojlantirish, yangi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish rejalarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha mutasaddilarga ko`rsatmalar berdi.

- Har bir hududning o`ziga xos imkoniyatlari, dolzarb muammolari bor. IT-parklar shulardan kelib chiqib,  dasturiy mahsulotlar yaratishi kerak. Masalan, Qashqadaryoda meliorasiya, kartoshkachilik, uzumchilik og`ir ahvolda, chorvachilikni, meva-sabzavotchilikni rivojlantirish uchun qulay sharoit bor. Shu sohalarda resurslarni tejash, foydali ish koeffisentini oshirish uchun innovasion loyihalar zarur, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Oliy ta`lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va IT-parklar o`rtasida hamkorlikni kengaytirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

 

 

Шарҳлар

Kollejlar tizimi to`lig`icha Mehnat vazirligiga o`tkaziladi – Prezident

22.01.2021, 14:40

Prezient Shavkat Mirziyoev Buxoroga tashrifi davomida yangi qaror loyihasini ikki hafta muddat ichida ishlab chiqish bo`yicha mutasaddilarga topshiriq berdi."Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar berishicha, yangi...
Shavkat Mirziyoev Qo`shma Shtatlarning yangi rahbariga tabrik yo`lladi

21.01.2021, 14:49

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Jozef Baydenga uning davlat rahbari lavozimiga kirishgani munosabati bilan tabrik yo`lladi. Bu haqda Prezidet axborot matbuot...
Prezident o`tgan yili kuchli shamoldan katta zarar ko`rgan Olotni ko`zdan kechirdi (foto)

21.01.2021, 13:25

Prezident Shavkat Mirziyoev 21 yanvar kuni Buxoro viloyatiga kelib, vertolyotda Olot tumaniga yo`l oldi.Bu – hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan joriy yilgi birinchi tashrif. Va u...
Prezident Senatning yangi binosi qurilish ishlari bilan tanishdi

15.01.2021, 13:40

Prezident Shavkat Mirziyoev bugun, 15 yanvar kuni Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, korxonalar faoliyati bilan tanishmoqda. Bu haqda Prezident axborot xizmati xabar berdi.Davlat rahbari shahar markazidagi...