Tabloid» nashri Instagram’dagi o`zbek shou-biznesi mashhurlarining obunachilari soni bo`yicha reytingini tuzib chiqdi.
Shahzoda — 4,5 million obunachi
Xonanda Shahzoda Instagram’dagi o`zbek yulduzlari orasida eng taniqli shaxslardan biriga aylangan. U hayotining deyarli 20 yilini san`atga bag`ishlagan. Musiqadan tashqari, filmlarda ham rol o`ynagan. Shuningdek, Shahzoda 2010 yilda «Big Apple Music Awards» taqdimotida Markaziy Osiyo va Kavkazdagi «Eng yaxshi qo`shiqchi» nominasiyasida g`olib bo`lgan.
Reytingning ikkinchi o`rnidan Munisa Rizaeva joy olgan. Rizaevaning asosiy mashg`uloti — xonandalik, ammo u ba`zida filmlarda ham suratga tushib turadi. U hozirgacha to`qqizta filmda suratga tushgan.
Birinchi tarona 2011 yilda chiqarilgan «Ayrilma yor» qo`shig`i hisoblanadi. 2014 yilda qo`shiqchi «E`tirof» milliy mukofotiga sazovor bo`lgan.
Keyingi o`rinni xonanda Rayhon egallagan. U ham xuddi Shahzoda singari 20 yildan beri katta sahnada. Ta`kidlash joiz, qo`shiqchi ko`p marotaba «Yilning eng yaxshi xonandasi» mukofotiga sazovor bo`lgan. G`anieva o`zining katta konsert dasturlari bilan ham ajralib turadi.
Zarina musiqachilar oilasida ulg`aygan. U «Yalla» guruhi asoschilaridan biri Shahboz Nizomutdinovning qizi. Aktrisa o`zining debyut rolini 16 yoshida ijro etgan va hozirga qadar u 15 dan ortiq filmlarda rol o`ynagan.
Nizomutdinova, shuningdek, TikTok’da ham faol, tarmoqda uning 27,4 ming obunachisi bor.
Lolaga mashhurlik keltirgan qo`shiq «Muhabbatim» bo`ldi. Xonanda 2005 yilda «Eng yaxshi qo`shiqchi» mukofotiga sazovor bo`lgan. Hozirda Lola uch farzandni voyaga etkazmoqda, u musiqiy karerasini davom ettirgan holda Moskvada rejissyorlik yo`nalishi bo`yicha tahsil olmoqda.