Insult hayot uchun xavfli kasallik. Uning asoratlaridan yiroq bo`lish uchun avvalo insultning oldini olish kerak.Buning uchun ortiqcha vazn to`plamaslik talab etiladi.
Vazningizni kuzatib boring.
Ortiqcha vazn insult xavfini oshiradigan faktorlardan biri. Bu arterial qon bosimi, yurak-qon tomir kasalliklari va diabet rivojlanishiga olib kelishi mumkin. 4-5 kilo vazn tashlash ham insultni oldini olish mumkin.
Ko`proq meva-sabzavot iste`mol qiling
Bir kunda kamida 4-5 bo`lak olma, sabzavotlar eyish kerak. Ular qon bosimini pasaytiradi va qon tomirlari elastikligini yaxshilaydi.
Transyog`larni kamroq iste`mol qiling
Transyog`lar qon tomirlarida tiqinlar paydo bo`lishiga sababchi bo`ladi. Fast fudlar, chipslar, margarin tarkibida shunday turdagi yog`lar mavjud.
Doimiy ravishda mashq qiling
Aerobik mashg`ulotlar ayniqsa yaxshi: yurish, yugurish, suzish, velosipedda harakatlanish. Ular vaznni kamaytirishga, qon tomirlari va yurakning umumiy holatini yaxshilashga va stressni kamaytirishga yordam beradi. Ushbu mashg`ulotlarni kuniga kamida 30 daqiqa davomida bajaring.