my5
Sevimli

Shavkat Mirziyoev Sadir Japarov bilan muhim masalalarni gaplashdi

Siyosat 14.11.2020, 14:57
Shavkat Mirziyoev Sadir Japarov bilan muhim masalalarni gaplashdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 14 noyabr kuni Qirg`iz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Suhbatda O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Mamlakatlarimiz o`rtasidagi amaliy hamkorlikni, avvalo, savdo, sanoat kooperasiyasi, qishloq xo`jaligi, transport, hududlararo va gumanitar almashinuv sohalarida, boshqa ustuvor yo`nalishlarda kengaytirishga xizmat qiladigan qo`shma loyiha va dasturlarni ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.

Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo`yicha hukumatlararo komissiya, shuningdek, Ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha qo`shma komissiya va Chegaradosh viloyatlar rahbarlari kengashi ishini faollashtirish zarurligi qayd etildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatlariga qarshi kurashish masalalarida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish va ko`maklashishni davom ettirish muhim ekani ta`kidlandi.

Davlatimiz rahbari O`zbekiston qardosh Qirg`iziston xalqining tinch va barqaror taraqqiyot, farovonlik va ravnaq sari intilishini har tomonlama qo`llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

Шарҳлар