my5
Sevimli

Shohjahon Ergashev va yana ikki bokschimiz bugun ringga ko`tariladi

Sport 16.11.2020, 11:25
Shohjahon Ergashev va yana ikki bokschimiz bugun ringga ko`tariladi

Rossiyaning Krasnogorsk shahridagi “Vegas City Hall” arenasida tashkil etiladigan professional boks kechasida engilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev belaruslik Dmitriy Mishyulaga qarshi ringga ko`tariladi. Mazkur jang sakkiz raund qilib belgilandi. Bu haqda UzA yozmoqda. 

Shuningdek, Krasnogorksdagi boks kechasida yana ikki nafar o`zbekistonlik charm qo`lqop ustasi ham reyting janglarida ishtirok etadi. Yarim o`rta vazn toifasida (66.6 kg) faoliyat olib borayotgan Mirzakamol Ne`matov o`zining ikkinchi jangini rossiyalik Alisher Ashurovga qarshi o`tkazsa, professional ringga uchinchi marotaba ko`tarilayotgan Alisher Shodiev rossiyalik Muhammadrizo Mutalibovga qarshi jang qiladi.

Eslatib o`tamiz, mazkur professional boks kechasini Sport TV kanali to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatishni rejalashtirgan. Janglar 16 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanishi kutilmoqda.

Шарҳлар