AsosiySalomatlik

COVID-19`ni engil o`tkazganlarda antitanachalar bo`lmaydimi?

'COVID-19`ni engil o`tkazganlarda antitanachalar bo`lmaydimi?'ning rasmi

Antitanachalar testi ijobiy chiqsa, organizm virusdan himoyalangan hisoblanadimi? Bu qancha davom etadi? Engil o`tkazganlarda antatanachalar bo`lmaydimi?

Bu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Abdusamatova javob berdi:

–Immunoglobulin G organizm virus bilan to`qnash kelgach 21-28 kundan so`ng ishlab chiqarila boshlaydi. Ammo hozirda jahon olimlarining kuzatuvlariga ko`ra, titrlar antitanachalar kabi kamayishi mumkin.

 Agar inson koronavirusni engil tarzda o`tkazgan bo`lsa, antitanachalar miqdori u qadar ko`p bo`lmaydi. Immunitet uch turda bo`ladi: qisqa muddatli, uzoq muddatli va bir umrlik.

Virusga nisbatan aynan qaysi turdagi immunitet shakllanganligini bilish oson emas. Olimlarning fikricha, titrlar kamayib boradi va katta ehtimol bilan bir umrlik immunitet shakllanmaydi. Chunki bu virus mutasiyalanish imkoniga ega. Lekin shunga qaramay, agar inson kasallikni boshdan kechirgan bo`lsa, organizmda ushbu virus haqida ma`lumot qoladi. Genetik materialning asosiy tuzilmalari hujayra immuniteti bilan bog`liq.

    Boshqa yangiliklar