Rossiyaning Krasnogorsk shahridagi “Vegas City Hall” arenasida tashkil etilgan professional boks kechasida o`zbek bokschisi Shohjahon Ergashev belaruslik Dmitriy Mishyulaga qarshi ringga ko`tarildi.
8 raundga mo`ljallangan jang 2-raunddan so`ng nihoyasiga etdi. Tanaffus vaqtida Mishyula jangni davom ettira olmasligi ma`lum bo`ldi. Ikkinchi raundda Shohjahonning bergan kuchli zarbasidan so`ng u o`zida og`riq his qilayotganini ma`lum qildi va shifokorlar jangni to`xtatish lozim toshpishdi. Texnik nokaut!
Shu tariqa, Shohjahon Ergashevning professional boksdagi g`alabalari soni 19 taga etdi.