my5
Sevimli

Farg`onada erkak 2 oylik chaqaloqni yostiq bilan dimiqtirib o`ldirdi (video)

Jinoyat 20.11.2020, 17:57
Farg`onada erkak 2 oylik chaqaloqni yostiq bilan dimiqtirib o`ldirdi (video)

Bu haqda "Sevimli" telekanalining "Zamon" dasturida batafsil ma`lumot berildi.

Aytilishicha, andijonlik erkak farg`onalik qiz bilan ijtimoiy tarmoq orqali tanishadi. U bilan bir necha bor gaplashib, yoqtirib qoladi. Unga uylanmoqchi bo`ladi. Ammo  avval rozilik bildirgan qiz  turmushga chiqish fikridan qaytadi. 

Bundan g`azablangan erkak qizdan o`ch olish payiga tushadi. Uning Farg`onadagi xonadoniga borib qizning yangasini qorniga pichoq suqadi. Shundan so`ng telefon orqali qizni uyiga chaqirtiradi. Yangasining ikki oylik chaqaloqni yig`idan to`xtata olmagach, yostiq bilan dimiqtirib o`ldiradi. 

Qiz xonadoniga etib kelgach, uni ham bir necha bor pichoqlaydi. Shu payt shovqinni eshitgan qo`shnisi militsiyaga qo`ng`iroq qilishini aytadi. Qo`qib ketgan qotil voqea joyini tark etadi, pichoqni yashirib, Andijon shahriga qaytib ketadi. 

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyati sudining hukmi bilan erkak Jinoyat kodeksining tegishli modda va qismlari bilan  20 yilga qamaldi. 

Шарҳлар