20 noyabr kuni BMT rahbari Antonio Guterresh Saudiya Arabistoni etakchiligida shu hafta oxirida bo`lib o`tadigan G20 sammitidan oldin birifing uyushtirdi, deya yozmoqda tarjumon.uz nashri alarabiya'ga asoslanib.
Guterreshning aytishicha, vaksinani dunyoning har eridagi har bir inson sotib ola oladigan darajada ko`p va arzon qilish koronavirus pandemiyasini to`xtatishning yagona yo`li hisoblanadi.
«Mening asosiy da`vatim oddiy. Bizga hamjihatlik va hamkorlik zarur. Biz hozir, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlar uchun maqsadli harakatlarni amalga oshirishga muhtojmiz», deydi BMT rahbari.
Antonio Guterresh COVID-19 vaksinalari bo`yicha so`nggi paytlarda erishilayotgan yutuqlarni umid nurlari, deb atadi va ushbu umid nurlari dunyodagi har bir insonga etib borishi kerakligini aytdi. Bu vaksinalar ma`lum davlatninggina emas, balki, global hamjamiyat boyligi ekanligi va uni barchaga etkazib berish kerakligini anglatadi.
«Pandemiyani to`xtatishning yagona yo`li vaksinani har qaysi mamlakatdagi har bir odam uchun etarli darajada ko`p va arzon qilishdir. Tirik qolishning yagona yo`li – bu hamjihatlik hisoblanadi» deya qo`shimcha qildi u.