Jurnalist EI mudofaa vazirlari qizg`in bahslashayotgan vaqtda ekranda paydo bo`lgan va siyosatchilarga qarata qo`l silkitgan, Evro diplomatiya rahbari Jozep Borrelning savoliga javoban u gollandiyalik jurnalist ekanligini aytgan.
Niderlandlar bosh vaziri Mark Ryutte, juma kuni jurnalist EI mudofaa vazirliklari rahbarlari virtual majlisiga ulanishga muvaffaq bo`lgach, kiberxavfsizlikni kuchaytirishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Belgiyaning Le Soir nashriga tayanib Sputnik.
Evropa ittifoqiga a`zo davlatlar mudofaa vazirliklari rahbarlari virtual uchrashuvi juma kuni bo`lib o`tgan. Unda kollektiv evroxavfsizlik masalalari hamda EI mudofaasini yaqin istiqbolda kuchaytirish bo`yicha umumiy yo`nalishlar muhokama qilingan.
RTL Nieuws telekanali xabariga ko`ra, jurnalist Daniel Verlaan Niderlandlar mudofaa vaziri Ank Beyleveld tomonidan e`lon qilingan suratda videokonferensiyaga kirish parolining bir qismini ko`rib qolgach, Zoom servisida bo`lib o`tayotgan vazirlar virtual uchrashuviga ulanishga muvaffaq bo`lgan.
"Ministrlar yana bir karra qay darajada ehtiyot bo`lish kerakligi borasida o`ylab ko`rishlari lozim", - deya iqtibos keltirgan niderland bosh vaziri so`zlaridan belgiya nashri.
Xabarda aytilishicha, Niderland mudofaa vaziri karantinda bo`lgan va faoliyatni vazirlik binosida olib bormagan, shu tufayli barcha zarur xavfsizlik choralariga amal qilinmagan.
Jurnalist EI mudofaa vazirlarining qizg`in diskussiyasi vaqtida ekranlarda paydo bo`lgan va ularga qarata qo`l silkitgan, Evropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning savoliga javoban u gollandiyalik jurnalist ekanligini aytgan. Borrel unga qonunni buzganligiga ishora qilganida, jurnalist: "Sizning majlisingizni to`xtatganimdan afsusdaman, hoziroq uni tark etaman", degan.
Xabarda aytilishicha, uchrashuvdagi ushbu "vzlom" tufayli majlisni ma`lum vaqtga to`xtatishga majbur bo`lishgan.