AsosiyDunyo

Xorijdan keltirilgan tovuq go`shtida koronavirus aniqlandi

'Xorijdan keltirilgan tovuq go`shtida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

«Argentinadan import qilingan tovuq qanotlari va Rossiyadan import qilingan tovuq oyoqlari qadog`idan olingan namunalar koronavirusning nuklein kislotasiga nisbatan testdan o`tkazilganda ijobiy natija ko`rsatdi», — deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan zudlik bilan choralar ko`rildi. Mutaxassislar mahsulotni muhrladi, omborxona dezinfeksiya qilindi va mahsulot bilan kontakt qilgan xodimlarning barchasi testdan o`tkazildi — testlar hozircha salbiy natija berdi.

Oktyabr o`rtalarida Xitoyning Sindao shahrida muzlatilgan mahsulotlar qadog`i ustidan birinchi marta tirik koronavirus topilgan edi. O`shanda mutaxassislar chetdan olib kelingan muzlatilgan treska balig`i o`rami ustida tirik koronavirusni topgan edi.

    Boshqa yangiliklar