Dengiz savdo yo`llariga chiqish imkoni bo`lmagan O`zbekiston iqtisodi 2020 yilda o`sishi kutilmoqda - xalqaro ekspertlar prognozi.
2020 yilda iqtisodi o`sishi kutilayotgan sanoqli mamlakatlar qatorida bo`lgan O`zbekiston ikkinchi marotaba evroobligasiyalar bozoriga chiqdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg`ga tayanib Sputnik.
Payshanba kuni e`lon ochilgan savdoda O`zbekiston muddati 10 yil bo`lgan 555 million dollarlik obligasiyalarni 3,7 % stavkasida sotishga muvaffaq bo`lgan. Undan tashqari O`zbekiston ilk bor mahalliy valyutada muddati 3 yil bo`lgan qiymati 2 trln. so`mlik (193 mln. dollar) obligasiyalarni ham sotishga muvaffaq bo`ldi.
Bloomberg xulosasiga ko`ra, O`zbekistonning xalqaro moliya bozordagi muvaffaqiyati bir necha sabablarga bog`liq. Fitch Ratings va S&P Global Ratings kabi xalqaro investision reytinglarda past darajada bo`lsa-da, Xalqaro valyuta jamg`armasi ekspertlari xulosasiga ko`ra, O`zbekiston 2020 yilni iqtisodiy o`sish bilan yakunlaydigan sanoqli mamlakatlar qatorida bo`ladi.
Moskvada joylashgan “Renessans Kapital” tahliliy agentligi bosh iqtisodchisi Sofya Dones xulosasiga ko`ra, O`zbekistonga koronavirusni engishda uning nisbatan yosh aholisi hamda iqtisodning qishloq xo`jaligi, sanoat va qurilish tomon burilishi sabab bo`lgan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston ilk bor xalqaro obligasiyalar bozoriga 2019 yilning fevral oyida chiqqan edi. O`shanda respublika 10 yillik obligasiyalarni 5% daromad miqdori bilan emissiya qilgan edi.
Berlinda joylashgan Capitulum Asset Management kompanyasining bosh sarmoyaviy direktori Luts Remeyer aytishiga qaraganda, O`zbekistonning birinchi evrobondlar bozoriga chiqishi muvaffaqiyatli o`tishiga birinchidan - ilk emissiya bo`lgani va ikkinchidan respublikaning tashqi qarzi miqdori kam bo`lgani sabab bo`lgan.
Ikkinchi emissiyada O`zbekistonga Citigroup Inc., “Gazprombank”, JPMorgan Chase & Co., Societe Generale SA, VTB Kapital va boshqa moliyaviy korxonalar menedjer va bukranner sifatida yordam berishmoqda.
