Navoiy viloyatida Milliy gvardiya qo`riqlash xizmati xodimlari tomonidan yana bir talon-tarojlikning oldi olindi.
Xususan joriy yilning 20 noyabr kuni, soat 16:00larda, “Navoiyazot” AJning sex ishchilari B.Yu., A.M. va A.J.lar oldindan o`zaro til biriktirib, PVX, metanol va kaustik sodasi ishlab chiqarish kompleksining Asitelen sexiga tegishli, 1 (bir) dona metalldan yasalgan, narxi 10600000 (o`n million olti yuz ming) so`m bo`lgan VBLA 0263-8-seriyali reduktor uskunasini talon-taroj qilib olib ketayotgan vaqtida xodimlar tomonidan to`xtatilgan.
Ular olib chiqib ketish maqsadida, uskunani sexning 11, 1A-sonli bosh pasaytirish podstansiyasining shimoliy temir beton devori ustidan o`tkazayotgan vaqtida, qo`riqlash xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Voqea joyiga, Navoiy shahar IIO FMB tezkor-tergov guruhi chaqirtirilib, ushbu shaxslar topshirilgan. Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.