Bektemir tuman aholi bandligiga ko`maklashish markazi direktori firibgarlik ustida ushlandi, deya "darakchi.uz"ga xabar berdi Bosh prokuratura Matbuot xizmati.
Ma`lum bo`lishicha, Bektemir tuman aholi bandligiga ko`maklashish markazi direktori M.A. fuqaro Sh.A.ning turmush o`rtog`ini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent shahridagi tug`ruq komplekslaridan biriga rahbar lavozimiga tayinlatib berish evaziga 30 000 AQSh dollari talab qiladi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs fuqarodan kelishilgan puldan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.