AsosiyJinoyat

Kattaqo`rg`onda qalbaki valyutani muomalaga kiritmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

'Kattaqo`rg`onda qalbaki valyutani muomalaga kiritmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo`rg`on shahar bo`limi tomonidan tezkor ma`lumot olingan. Unga ko`ra IIB xodimlari bilan birga o`tkazilgan tadbirda fuqaro U.Sh. qalbaki 3 000 AQSh dollaridan 300 AQSh dollarini Kattaqo`rg`on dehqon bozorida fuqaro Sh.O.ga milliy valyutaga ayirboshlash uchun bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.  

Bosh prokuratura rasmiy kanali ma`lumotiga ko`ra, Tadbir davomida, U.Sh.ning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganda:

— 50 va 100 kupyurali 17 400 AQSh dollari, 1 dona 5 000 kupyurali Rossiya rubli;

— 1 dona 1 000 kupyurali Peru pul birligi hamda “Lenovo” rusumli noutbuk;

— “NR” rusumli rangli printer mavjudligi aniqlangan.

Ashyoviy dalil sifatida olingan valyutalar o`tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko`ra qalbaki ekanligi ko`rsatilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar