Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida hukumatning ayrim qarorlarga o`zgartirishlar kiritish, shuningdek ba`zilarini o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblash to`g`risida qarori muhokamaga qo`yildi.
Qaror loyihasida elektr energetikasi tashkilotlarini transformasiya qilishni jadallashtirish, energetika sohasida bozor iqtisodiyoti mexanizmini joriy etish maqsadida iste`molchilarga elektr energiyasini etkazib berish faqat oldindan to`lov asosida amalga oshirilishi sharligi belgilab qo`yilgan.