Samarqand viloyati - elektr energiyasidan qarzdorlik bo`yicha respublikada etakchi, deb ma`lum qilindi.
Ta`kidlanishicha, Samarqand viloyatining elektr energiyasidan qarzdorligi 646 milliard so`mni tashkil qilmoqda. Shundan 553 millard so`mi bu aholi qarzdorligi.
Shuningdek, 2- va 3- o`rinlarda Navoiy (qarz summasi 410 milliard) va Andijon viloyatlariga (qarz 273 milliard so`mni tashkil etmoqda, shundan 247 millardi aholining qarzdorligi) to`g`ri kelmoqda.