my5
Sevimli

Qashqadaryoda 2 ta umumiy o`rta ta`lim maktabi ma`sullari pora bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 25.11.2020, 14:56
Qashqadaryoda 2 ta umumiy o`rta ta`lim  maktabi ma`sullari pora bilan qo`lga tushdi

Bu haqda saytimizga O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot ShAMSUTDINOV xabar qildi...

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qarshi shahar bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Koson tumanidagi 100-sonli maktab direktori o`rinbosari N.O., fuqaro X.ning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali shu maktabga psixolog vazifasiga ishga joylashtirib qo`yish evaziga 1 200 AQSh dollari so`rab, shundan, 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda esa Shahrisabz tumandagi 7-sonli maktab direktori B.S. maktab balansida bo`lgan yaroqsiz qozonxona binosini balansdan chiqarib, firibgarlik yo`li bilan fuqaro A.ga 6 000 AQSh dollariga sotishni rejalashtiradi. Er uchun hujjatlarni tayyorlab berish evaziga kelishilgan pulning 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Шарҳлар