Jurnalistning yaqinda Toshloq tumani Hamrak mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Jamshidbek Solijonov to`g`risida tayyorlagan lavhasi tuman hokimligining ishchi guruhi tomonidan o`rganilgan va videolavhani tayyorlagan Ahror Ziyodovning “Jamshidbek Solijonovni fermada yashab kelmoqda”, degan fikrlari asossiz degan xulosa kelgan.
Toshloq tumani hokimligi Axborot xizmati bergan ushbu munosabatida muxbir Toshloq tumani haqida ko`plab videolavhalar tayyorlab “kimgadir”, “nimadir” ko`rsatishga harakat qilayotganligi aytilgan.
Shuningdek, lavhada jurnalist Solijonovni 2-guruh nogironi degan, o`rganishlar davomida, ishchi guruh Jamshid Solijonovga Quva tumani TMEK tomonidan 2019 yil 20 dekabr kungi nogironlik to`g`risidagi ma`lumotnomada 1-guruh nogironligi berilganligini aniqlashganini aytishgan.
A.Ziyodov murojaatchi bilan qayta suhbatlashdi. Unda arizachi jurnalistga gapirgan gaplaridan qaytmaganligini ko`rishingiz mumkin. Ammo murojaatchining ahvolini o`rgangan va jurnalistni ayblayotgan tuman hokimligining vakili esa murojaatchini uy va ish bilan ta`minlashga va`da berdi. Videoni tomoshga qiling xulosa o`zingizdan.