my5
Sevimli

Toshkentda ommaviy qabullar haftaligi boshlandi

Jamiyat 25.11.2020, 22:56
Теглар: Toshkent
Toshkentda ommaviy qabullar haftaligi boshlandi

Prezident Xalq qabulxonalarining Toshkent shahrida o`tkazayotgan ommaviy qabullar haftaligi qizg`in muloqotlar bilan boshlandi. Haftalikning ilk kunida poytaxtimizning barcha tumanidagi Xalq qabulxonalari sektorlar rahbarlari, hududiy boshqarma va idoralar, xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar mas`ullari bilan fuqarolar va tadbirkorlarning jonli muloqotlarini tashkil etdi. Qizg`in kechgan uchrashuvlarda aholini o`ylantirayotgan masalalarni har bir tuman va soha kesimida yana bir bor nazardan o`tkazish, ularga joyida echim topish, muammolarni har tomonlama tahlil qilish asnosida kelgusi yillar dastur va rejalari uchun takliflar ishlab chiqish bosh maqsadni tashkil etdi.

Sergeli tumanida bo`lib o`tgan ommaviy qabulda asosan Sergeli va Yangi hayot tumanlari mahallalarida yashovchi aholi vakillari o`z ariza va shikoyatlari, taklif-tavsiyalari bilan tuman va shahar miqyosidagi sektorlar rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar bilan birga tegishli vazirlik va qo`mitalar, respublika idoralari vakillariga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Qabul jarayonida o`ndan ziyod sho``balarda ish olib borildi. Ularda respublika, shahar va tuman mas`ullari sud-huquq, ichki ishlar, sog`liqni saqlash, uy-joy kommunal, energetika, bank, mahalla va oila, ta`lim kabi yo`nalishlardagi murojaatlarni birgalikda ko`rib chiqishdi.

Qator murojaatlar joyiga chiqib o`rganilgach, muammolarni hal qilish uchun amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Sergeli tumani 1-sektori“O`zgarish” mahallasidagi 29-uydagiliftning yaroqlilik muddati o`tab bo`lgan. Shu bois tez-tez buzilib qoladi. Yuqori qavatdayashovchilar zinadan tushib chiqishga ancha qiynalib qolganedi. Mazkur murojaat joyiga chiqib o`rganilgach, ushbu ko`p qavatli uyga yangi lift o`rnatishga kirishildi.

Yashnobod tumanidagi jonli muloqotlar ham amaliy ishlarga ulandi.  “Tuzel” mahallasida 9 qavatli uyning ham lifti ancha vaqtdan beri nosoz edi.Aholi murojaatidan so`ng mazkur uyga ham yangi lift o`rnatishga kirishildi.

Xuddi shunday muammo “Xosiyatli” mahallasidagi 66-uyaholisini ham bezovta qilib kelardi. 9 qavatli buumumiy yotoqxonadagi 71 ta xonadondayashovchi 200dan ziyod aholi 1980 yilda o`rnatilgan eski liftnosozliklaridan yurakzada bo`lgan edi. Murojaatdan so`ng bu uyda ham yangi, zamonaviy lift o`rnatish ishlari boshlandi. Mutaxassislar montaj va sinov ishlari uchun uzog`i bilan 2 hafta muddat zarurligini aytdi. Demak, ikki hafta nari-berisida bu uydagi katta bir muammo barham topadi.

Yashnobodning“Nodirabegim” mahallasidagi 44 ta xonadon egalari ichimlik suvi bosimipastligidan qiynalib kelayotgandi. Sababi quvurlar eskirgan, yuqori bosimni ko`tarolmaydi. Aholi murojaatlaridan so`ng bu erda asosiy ichimlik suviquvuridan 80 metr masofagayangi quvurlar o`tkazilmoqda. Bu bilan esa tez orada 44 taxonadondagi 200 nafardan ziyod aholining mushkuli oson bo`ladi.

Yashnobod tumanidagi Xalq qabulxonasiga “Mashinasozlar” mahallasi PahlavonMahmud ko`chasidagi umumiy yotoqxona tipidagi 33-uydan shikoyat kelib tushgan edi. Muammo – bu yotoqxona xususiylashtirilgach, issiqlik tizimidan uzilgan. Murojaatdan so`ng Xalq qabulxonasi va sektorlar hamkorligida bu masalaga echim topilib, 40 xonadonni issiqlik bilan barqaror ta`minlash uchun alohida zamonaviy lokal qozonxona o`rnatildi. Bu uydagi aholining qish faslidagi eng katta muammosi hal etildi.

Olmazor tumanidagi ommaviy qabullar ham ishchan ruhda o`tdi. Har bir murojaat sinchiklab o`rganilib, echim topishga harakat qilindi. Deylik, olmazorlik Faniya Tugushova mas`ullardan baxtsiz hodisaga uchrab, chap son suyagi singan o`g`lini davolatishda amaliy yordam so`radi. O`rganishlar davomida bu oila chindan ham ijtimoiy himoyaga muhtojligi ayon bo`lgach, ularga respublika shifoxonasida bepul jarrohlik amaliyoti o`tkazish uchun yo`llanma ajratiladigan bo`ldi.

Olmazorlik Shahnoza Sobirovaning kasbi – hamshira, biroq uning doimiy ishi yo`q edi. Shu masalaga echim izlab ommaviy qabulga kelgan bu kelinchakning ham muammosi hal qilindi, u shu tumandagi 15-oilaviy poliklinikaga ishga joylashtirildi.

Olmazorda ham murojaatlarda ko`tarilgan masalalar yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborildi. “Yangi Toshkent” mahallasida ichimlik suvi quvuri eskirib ketgan, oqibatda bir necha marta avariya holati yuz berar, ichimlik suvi esa uzilib qolardi.Ayni paytda bu quvurning 100 metr qismini almashtirish ishlari boshlab yuborilishi bilan 120 ta xonadon uzluksiz ichimlik suvi bilan ta`minlanadigan bo`ldi.

Ommaviy qabullar jarayonida fuqarolarga imkon qadar ko`proq qo`shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratish maqsadida bo`sh ish o`rinlari yarmarkalari, chuqurlashtirilgan tibbiy ko`riklar, arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari savdosi, hunarmandlar ko`rgazmalari ham tashkil etildi.

Xuddi shunday muloqotlar poytaxtimizning qolgan tumanlarida ham o`tkazildi. 

Birinchi kunning o`zida Toshkent shahri tumanlarida o`tkazilgan ommaviy qabullarda jami 2 mingdan ziyod murojaatlar qabul qilinib, ularning deyarli 800 tasi joyida ijobiy hal etildi, 350 ga yaqiniga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi, 880 dan ziyodi ijro qaratilib, nazoratga olindi.   

Toshkent shahridagi ommaviy qabullar haftaligi davom etmoqda, biz ham voqealar rivojini kuzatib boramiz.

Шарҳлар

Toshkentda fuqaroga 80 mln. ma`naviy zarar undirib berildi

10.11.2020, 11:24

Byuroning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudining 11.07.2019 yil kunidagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor Toshkent shahar Moliya Bosh boshqarmasidan undiruvchi...
Xitoyda ishlab chiqilgan vaksina Toshkentga olib kelindi

09.11.2020, 09:38

Koronavirusga qarshi vaksina sinovining uchinchi bosqichini O`zbekistonda o`tkazishni tashkil etish borasida 7 noyabr kuni o`tkazilgan uchrashuvda Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoy vaksinasi Toshkentga olib...
Toshkentning bir qator markaziy ko`cha qismlari yopiladi

07.11.2020, 20:32

Duatlon bo`yicha O`zbekiston chempionati o`tkazilishi munosabati bilan 8 noyabr kuni soat 07:00 dan 13:00 gacha quyidagi yo`l qismlari harakatlanish uchun yopiq bo`ladi, deya xabar bermoqda...
Toshkentda daraxtga urilgan «Spark» haydovchisi hodisa joyida vafot etdi

05.11.2020, 14:54

Joriy yilning 5 noyabr kuni soat 03:30larda Toshkent shahar, Olmazor tumani, Keles yo`li ko`chasida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko`ra, haydovchi, 1991...