my5
Sevimli

AstraZeneca kompaniyasi COVID-19 ning oldini olishda 90 foiz natija berganini e`lon qildi

Dunyo 26.11.2020, 00:02
Теглар: AstraZeneca, COVID-19
AstraZeneca kompaniyasi COVID-19 ning oldini olishda 90 foiz natija berganini e`lon qildi

23 noyabr kuni AstraZeneca kompaniyasi o`zining koronavirus vaksinasi taxminan 90 foiz  samarali bo`lishi mumkinligi va unda aks ta`sirlar bo`lmasligini ma`lum qildi. 

Britaniya va Braziliyadagi so`nggi bosqich sinovlaridan olingan ma`lumotlarga ko`ra, Oksford universiteti tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu vaksina COVID-19 ning oldini olishda 90 foiz samarali bo`lgan.

Shuningdek, mazkur vaksinani qabul qilganlarda jiddiy aks ta`sirlar kuzatilmagan.  «Ushbu vaksinaning samaradorligi va xavfsizligi uning COVID-19 ga qarshi kurashda yaxshi natija berishini, hozirda sog`liqni saqlash tizimida yuzaga kelgan favqulodda holatga tezlik bilan ta`sir qilishini tasdiqlaydi»,  dedi AstraZeneca bosh ijrochi direktori Paskal Soriot.

16 noyabr kuni AQShning Moderna kompaniyasi o`zining tajribalardan o`tkazilayotgan vaksinasi 94,5 foiz samaraliligini aytgandi. Bundan oldin AQShning Pfizer va Germaniyaning BionTech kompaniyalari hamkorlikda yaratgan vaksinaning samarasi 95 foiz bo`lgani ma`lum qilingandi.

Shuningdek, 11 noyabr kuni Rossiya o`zining Sputnik V vaksinasi 90 foizli natija berganini e`lon qilgan.

Шарҳлар