Mazkur vitamin va mikroelementlar koronavirusni engishda o`rni bor ekani tasdiqlangan. Ya`ni vitamin D3, sink etishmovchiligi kuzatilganlarda kasallik zudlik bilan rivojlanishi va og`ir darajada o`tishini keltirib chiqaradi. Unga ko`ra,
Sink — virus inson organizmidagi hujayralarga birikib, RNK kodi va inson organizmidagi hujayra ichiga kirishini to`xtatadi. Bu esa virus ko`payishining oldini oladi.
Vitamin D3 — insonda immun hujayralar ishlab chiqilishini me`yorlashtiradi, ya`ni balansda ushlashiga hissa qo`shadi.
Vitamin S — askorbin kislotasi kuchli antioksidant sifatida organizmga tushgan viruslarni engib chiqishda immun tizimni mustahkamlashga yordam beradi.
Yuqorida keltirilgan uch vosita koronavirusni davolash protokoliga kiritilgan. Ularni qabul qilish har bir inson uchun individual belgilanadi. Ya`ni birlamchi kasallik alomatlari paydo bo`lganda, protokol asosida 10 kun muddatga tavsiya etiladi.
Protokolda belgilangan muddat oralig`ida ichib tugatilsa, inson organizmi va kasallikning kechish darajasiga qarab, shifokor individual ravishda davom ettirish bo`yicha ko`rsatmalar beradi.
Shu o`rinda ma`lumot: "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasining ijtimoiy dorixonalarida Sink- 86.000 so`m, dori qutisida tabletka- 250 dona.
Vitamin D3-11600 so`m, dori qutisida vitamin- 30 dona.
Vitamin S- 5 525 so`m, dorixona sharoitida tayyorlangan, qutida -10 ta.
14.01.2021, 11:58
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayyan internet orqali jonli efirda koronavirus pandemiyasining ikkinchi yili birinchi yilga qaraganda qiyinroq bo`lishi mumkin degan...05.01.2021, 22:26
Joriy yilning 1 yanvar kuni portugaliyalik sog`liqni saqlash xodimi Sonia Acevedo COVID-19 ga qarshi emlangandan 48 soat o`tib to`satdan vafot etdi. Bu haqda Dailymail ga...05.11.2020, 21:23
Kasallik davrida COVID-19 ni yuqtirib olgan odamning burun shilliq qavati shishib ketadi, shuning uchun hid sezish qobiliyati yo`qolib qoladi. Kasallanganlarning deyarli 90% da hid sezish...03.11.2020, 10:51
Britaniyaning Imspex Diagnostics kompaniyasi mijozda nafas olish yo`llari orqali koronavirusni bir necha soniya ichida aniqlay oladigan test ishlab chiqdi. Bu haqda 2 oktyabr kuni BBC-Ukrainaga...