my5
Sevimli

Bayden prezidentlikning birinchi yuz kunlik rejalari haqida ma`lum qildi

Dunyo 26.11.2020, 09:41
Bayden prezidentlikning birinchi yuz kunlik rejalari haqida ma`lum qildi

Qo`shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlarida g`alaba qozonganini e`lon qilgan Jo Bayden mamlakat boshida turgan birinchi yuz kunni migrasiya islohoti va koronavirusga qarshi kurashga bag`ishlashini aytdi.

"Men Senatga hujjatsiz bo`lgan 11 million kishi uchun fuqarolik eshigini ochadigan immigrantlar to`g`risidagi qonunni yuboraman", dedi u deb yozmoqda Ria Novoosti.

Siyosatchi AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning ba`zi farmonlarini bekor qilishni niyat qilganligini qo`shimcha qildi.

Bayden, shuningdek, Trampga qarshi tergovni boshlamasligini aytdi va diqqatini Amerika jamiyatida ishonchni tiklashga qaratishga va`da berdi.

Shu bilan birga, siyosatchi sakkiz yil davomida vise-prezident bo`lib ishlagan Barak Obamaning "uchinchi muddati" bo`lmaydi, deb ta`kidladi. "Biz butunlay boshqa dunyoga duch kelmoqdamiz. Prezident Tramp manzarani o`zgartirdi. Endi bu birinchi Amerika, ya`ni Amerikaning o`zi", - deya qo`shimcha qildi Bayden.

Eslatib o`tamiz, AQShda prezident saylovlari 3 noyabr kuni bo`lib o`tdi, ammo ularning yakuniy natijalari hali rasman e`lon qilinmadi. Amerika ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko`ra, demokrat Bayden g`alaba qozonish uchun etarli miqdordagi saylovchilar ovozini qo`lga kiritgan. Bir necha dunyo rahbarlari uni allaqachon tabriklashgan ham.

O`tgan kun ichida birdaniga uchta asosiy shtat - Pensilvaniya (20 saylovchi), Michigan (16) va Nevada (6) Baydenning g`alabasini tasdiqladi.

Tramp raqiblarini "saylovlarni o`g`irlashga" urinishda ayblamoqda. Prezident advokati Rudi Djulianining aytishicha, ovoz berishdagi qonunbuzarliklar tizimli bo`lgan. Shu bilan birga, Oq uyning amaldagi egasi allaqachon Baydenga hokimiyatni topshirishni buyurgan.

Keyingi davlat rahbari 2021 yil 20 yanvarda qasamyod keltiradi.

Шарҳлар