Jahon futboli afsonasi, 1986 yilgi jahon chempioni Diego Maradona kecha, 60 yoshida vafot etgani haqda xabar bergan edik.
Xabarlarga ko`ra, u 25 noyabr kuni Buenos-Ayresdagi o`z uyida yurak xurujidan vafot etdi.
TN telekanali Maradonaning hayotining so`nggi daqiqalari va o`limi oldidan nimalar degani haqida ma`lumot berdi.
"Maradona uyg`onib, nonushta qildi, yotgan joyiga qaytib keldi va so`nggi so`zlarini aytdi: "Me siento mal" ("Men o`zimni yomon his qilyapman").
Futbolchiga qaragan hamshira tez yordam chaqirdi. Tez yordam shifokorlari Maradonani qutqarishga urinishdi, ammo barcha urinishlar muvaffaqiyatsiz tugagan" deb yoziladi xabarda.