O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati shtorm ogohlantirish bilan chiqdi.
Unga ko`ra, 2020 yil 28 noyabrda A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining Qamchiq dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog`ishi, tuman tushib, ko`rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 17-22 m gacha kuchayishi, yo`lda qor uyumlari, yaxvonlik hosil bo`lishi kutilmoqda.