27-29 noyabrda O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Volga bo`yi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabar bermoqda.
27 noyabrda Qoraqalpog`iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, kechqurun esa Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylariga yomg`ir yog`ishi mumkin.
28 noyabrda Qoraqalpog`iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari respublikamiz hududlari bo`yicha yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Respublikaning tog`li hududlarida qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Yo`llarda yaxmalak bo`lishi mumkin.
27-28 noyabrda Respublika bo`yicha shamolning tezligi 17-22 m/s gacha, ba`zi joylarida 25-27 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
28-29 noyabrda barcha joylarda harorat kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.
O`rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me`yordan 10-12 darajaga kam bo`lishi kutilmoqda.