Qarshi, Nukus va Urganchda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiallari ochiladi. Bu haqda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan “Yo`l xaritasi” loyihasida keltirib o`tilgan.
Hujjatga asosan respublika viloyatlarida universitetning filiallarini ochish muddatlari rejalashtirilmoqda.
2022 yil Qarshi shahrida;
2023 yil Nukus shahrida;
2024 yil Urganch shahrida.