Xolis fikr bu bilan Vazir maktablarni biznes markaziga aylantirmoqchimi?, degan savolni o`rtaga tashlaydi.
"Masalan, darsdan keyin sinfxonalar bo`sh qoladi. Uni qulflab o`tiraverishdan nima foyda olamiz? Undan ko`ra, repetitorlik faoliyati bilan shug`ullanadigan o`qituvchilarni jalb qilgan holda ham foyda olsa bo`ladi, ham o`sha maktabdagi bolalarning oliygohga kirish natijasini oshirgan bo`lamiz. Shuningdek, informatika, majlislar va sport zallaridan unumli foydalanish mumkin" – degan vazir.
" - Hayron qolasan, o`qituvchilarni ortiqcha dahmazalardan ozod qilish o`rniga ularning gardaniga qo`shimcha yuk solishning nima keragi bor?! Aslida, bu yangilik emas. Qo`shimcha mablag` topish maktab direktorlarning bosh og`rig`iga aylangan. Maktab, avvalo, ta`lim dargohi. Biznes undan yiroq bo`lishi kerak. Yoki janob vazir maktablarni biznes markaziga aylantirmoqchimi? Yoki internet klub bo`lishiga xayrixohmi?
Ta`limdagi bo`shliqni to`ldirish uchun paydo bo`lgan repetitorlik haqidagi fikrini esa hazm qilish qiyin. Vazir qo`shimcha pul topishga emas, maktablardagi sharoitni yaxshilash, ta`lim sifatini ko`tarish haqida ko`proq qayg`ursa bo`lardi", deydi Xolis fikr.