AsosiyJamiyat

Yana bir tashkilot qimmatbaho mashinani nima uchun sotib olganiga izoh berdi

'Yana bir tashkilot qimmatbaho mashinani nima uchun sotib olganiga izoh berdi'ning rasmi

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda  "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yilning may oyida 398 mln so`mga TRAILBLAZER LTZ AT avtomobili xarid qilingani to`g`risida xabar joylashtirildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Exarid.uz  portali ma`lumotlariga tayanib berilgan bu xabarlarni tasdiqladi.  TRAILBLAZER LTZ AT avtomashinasi haqiqatda hozirgi kunda Jamiyat avtoparkida  mavjud.  

Xabarga ko`ra, mazkur avtomashina uzoq masofaga hamda tog`li sharoitlarga xizmat safarlari uchun mo`ljallangan bo`lib,  Jamiyatning shunday turdagi mashinaga ehtiyoji tufayli mahalliy ishlab chiqaruvchi mahsuloti shartnoma asosida xarid qilingan.

Ma`lum qilinishicha,  "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ 252,2 ming km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali O`zbekiston Respublikasining maishiy va yuridik iste`molchilariga elektr energiyasini etkazib beradi. 

" - Ana shu elektr tarmoqlarining ayrim qismi noqulay tog` sharoitlari hamda oddiy engil avtomashina etib borishi qiyin hududlar yohud talafot zonalarida (“Sardoba” suv ombori emirilishi tufayli sodir bo`lgan kabi) joylashgani sabab, bu erda olib borilayotgan qurilish-ta`mirlash ishlari bilan yaqindan tanishish va zarur hollarda operativ choralar ko`rish uchun tezkor etib borish ehtiyoji mavjudligi sabab Boshqaruv kengashi qaroriga asosan xarid qilingandir",  deyladi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati ma`lumotida.

    Boshqa yangiliklar