my5
Sevimli

Sinoptiklar O`zbekistonda dekabr oyida ob-havo qanday bo`lishi haqida xabar berdi

Jamiyat 30.11.2020, 11:45
Sinoptiklar O`zbekistonda dekabr oyida ob-havo qanday bo`lishi haqida xabar berdi

Sinoptiklar dekabr qish faslining birinchi oyi bo`lsa ham, lekin eng sovuq davr hisoblanmaydi, deya ta`kidlashmoqda.

Oy davomida sovuq va issiq to`lqinlar odatda 1-2 marta kuzatiladi, ya`ni 1 yoki 2 ta kuchli sovuq va 1 yoki 2 ta huddi shunday issiqlik to`lqinlari yuzaga kelishi mumkin. Havo sezilarli soviganda ko`pincha dekabr oylarida minimal harorat 11-16 daraja savuqqacha tushadi.

Iliq yoki me`yoriy dekabrlarda harorat 0-5 daraja sovuq bo`lishi mumkin. Issiq to`lqinlar kuzatilganda havoning maksimal harorati 14-19 daraja iliqqacha, ayrim holatlarda esa 22-27 darajagacha ko`tarilishi mumkin.

Taqqoslash uchun aytish mumkinki, butun meteorologik kuzatuvlar davrida Toshkentda eng sovuq dekabr oylarida tunda harorat 20-23 daraja sovuq bo`lgan.1930 yil dekabr oyida esa 27-29 daraja sovuqqacha tushgani qayd etilgan.

Oxirgi 10 yil ichida Toshkentda 2011, 2012 yillarda dekabr oyida eng past harorat 13 daraja sovuqni tashkil qilgan bo`lsa, shu oydagi eng yuqori harorat (2012, 2013, 2016 yillarda) 23 daraja issiqqacha ko`tarilgan.

Dastlabki baholarga ko`ra bu yilgi dekabr harorat ko`rsatkichlari bo`yicha o`rtacha ko`p yillik qiymatlarga yaqin bo`lishi kutilmoqda.

Oy davomida haroratning kechasi 0-5 daraja sovuqdan 2-7 daraja iliqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha o`zgarib turishi kutilmoqda. Respublikamizning shimolida tunda 8-10 daraja sovuq bo`lishi mumkin. Oyning ikkinchi yarmida esa 12-15 daraja sovuq bo`lishi mumkin.

Dekabrda yog`ingarchilik yomg`ir qor ko`rinishida bo`ladi. O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilikli kunlar o`rtacha 5 kundan 13 kungacha tashkil qilishi mumkin. Bir kecha kunduzda maksimal yog`inlar miqdori sutkalik me`yordan ancha ko`p bo`lishi mumkin. Oxirgi 10 yil ichida namgarchilik ko`p bo`lgan dekabrlar 2013, 2016, 2019 yillarda qayd etilgan, Masalan, 2019 yil 22 dekabrda maksimal sutkalik yog`inlar miqdori Toshkentda 34 mm ni tashkil qilgan.

Bu yilgi dekabrda oylik yog`inlar miqdori me`yor atrofida, ayrim joylarda me`yordan yuqori, shimolda esa ayrim joylarda me`yordan past bo`lishi kutilmoqda (Toshkentda dekabr oyi uchun yog`inlar 59 mm ni tashkil qiladi). Yog`ingarchilik oy davomida vaqti-vaqti bilan kuzatiladi.

Шарҳлар