my5
Sevimli

Koronavirus vaksinasi bilan kimlarni emlash mumkin emas?

Salomatlik 30.11.2020, 16:51
Koronavirus vaksinasi bilan kimlarni emlash mumkin emas?

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva, AOKAdagi brifingda javob berdi:  — Bugungi kunda koronavirusga qarshi vaksina dolzarb hisoblanadi. Chunki ko`plab mamlakatlarda vaksinalar ishlab chiqilgan va klinik sinovlarning uchinchi bosqichini o`tkazish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Klinik sinovlarning ushbu bosqichi yakunlangandan so`ng aholini emlash bosqichlari boshlanadi. Aholini ommaviy emlashda albatta vaksinaga qarshi ko`rsatmalarni hisobga olish zarur.    Koronavirus vaksinasining qarshi ko`rmatmalariga ko`ra, uni kimlarga qo`llash mumkin emas:  Vaksina tarkibidagi moddalarga allergiyasi bo`lgan kishilarga; Organik o`zgarishlar bilan asab kasalliklari rivojlanishi bo`lgan shaxslarga (miya falaji tashxisi, sudoroga sindromi, epilepsiya); Orttirilgan immuntanqislik sindromi (OIV — SPID) mavjud bemorlarga; Surunkali kasalliklar kuchayishi, kasallikning o`tkir bosqichlari vaqtinchalik qarshi ko`rsatmalar kasb etadi.

Шарҳлар