«Qalpoq» hajviy ko`rsatuvi orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo`lgan aktyor Rahmonali Suropov 29 noyabr kuni infarkt tashxisi bilan og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Jurnalist Nargiza Murodova aktyorning o`g`li Suxrob Fayzullaev bilan bog`landi, deb yozgan "Daryo".
«Uch kun avval dadamni shahar 16-son kasalxonasiga yotqizdik. Ahvollari og`ir edi. Hozir ham jonlantirish bo`limida. Xalqimizdan haqlariga duo qilishlarini so`rayman», — deydi Suxrob Fayzullaev.
Ayni damda aktyorning shogirdlari ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqqa murojaatnomalar yo`llab, uning og`ir xastalik bilan kurashayotgani hamda ustozlari haqqiga duoda bo`lishlarini so`rab post qoldirgan.