Futbol bo`yicha O`zbekiston chempionatining nufuzi jihatdan ikkinchi ligasi — Pro liganing hal qiluvchi Superliga yo`llanmasini beruvchi so`nggi tur uchrashuvida Farg`onaning «Neftchi» klubi o`z uyida Yaypanning «Turon» klubiga qarshi o`ynadi va imkoniyatni boy berib qo`ydi.
Bu bilan «Neftchi» Oliy liga yo`llanmasidan quruq qoldi. «Turon» esa ligaga beriladigan yagona yo`llanmani qo`lga kiritdi.
O`yindan so`ng, maydonda «Neftchi»ning alamzada mulislari hakamlarga tashlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavhalarda hakamlardan biri qattiq zarba olgani aniq aks etgan.
Uchrashuvda o`yin va janjaldan tashqari, yana bir ta`sirli holat kuzatildi. Uchrashuv tugagach, darvoza ortida «bolboy»lik vazifasini bajargan «Neftchi» akademiyasi tarbiyalanuvchisi jamoasining mag`lubiyatidan uvvos solib yig`ladi. Bu butun boshli «Neftchi» muxlislarining yig`isi edi, deya izohlanadi bolaning holati.