AsosiyJamiyat

Yangi cheklovlar! Turkiyada vaziyat yanada jiddiylashdi: Elchixona o`zbekistonliklarni ogohlantirmoqda

'Yangi cheklovlar! Turkiyada vaziyat yanada jiddiylashdi: Elchixona o`zbekistonliklarni ogohlantirmoqda'ning rasmi

O`zbekistonning Turkiyada bo`lib turgan yoki mazkur davlatga borishni rejalashtirayotgan fuqarolari diqqatiga muhim xabar e`lon qilindi.

O`zbekistonning Turkiyadagi Elchixonasi xabariga ko`ra, 2020 yil 30 noyabr kuni Prezident Rejep Tayyip Erdog`an Hukumat yig`ilishi yakunlariga ko`ra chiqish qila turib, jamoatchilikni yangi turdagi koronavirus (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish doirasida cheklov choralarning kuchaytirilganligi to`g`risida xabardor qildi.

Pandemiya bilan bog`liq yangi cheklovlar 2020 yil 1 dekabr kuni soat 21:00 dan kuchga kiradi.

Xususan, quyidagi cheklov choralarini joriy qilish to`g`risida qaror qilindi:

- Ish kunlari soat 21:00 dan 5:00 ga qadar komendantlik soati belgilandi.

- Dam olish kunlari juma kuni kechqurun soat 21:00 dan dushanba kuni ertalab soat 5:00 ga qadar ko`chaga chiqish mumkin emas.

- Janoza va to`y marosimlarida ham qatnashchilar soni 30 kishidan oshmasligi kerak.

- Barcha davlat muassasalari ish kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha bo`lgan vaqtda faoliyat ko`rsatadi.

- 65 yoshdan oshgan va 20 yoshdan kichik fuqarolar jamoat transportidan foydanala olmaydilar. Ular ish kunlari soat 10:00 dan 13:00 ga qadar ko`chaga chiqishlari mumkin. Juma kuni bundan mustasno. Juma namoziga borishga ruxsat etiladi. Ish kunlari bolalar va pensionerlar soat 5:00 dan 21:00 gacha shaxsiy transportda harakatlanishi mumkin.

- Mehmonlarni qabul qilish, mavludlar, kechalar o`tkazish, bayramlarni, jumladan Yangi yilni nishonlash taqiqlandi.

- Mahsulotlarni uyga etkazib beruvchi oziq-ovqat, go`sht, meva-savzavot do`konlari hamda boshqa savdo rastalari dam olish kunlari ham ishlashiga ruxsat beriladi.

- Kinoteatrlar yil oxirigacha yopiq bo`ladi. Shuningdek, sauna, hammom va lunaparklar ham yopiladi.

- O`yin va sport maydonchalaridan foydalanish taqiqlanadi. Mamlakatdagi barcha sport tadbirlarini hozirgi vaqtdagidek tomoshabinlarsiz o`tkazishda davom etiladi.

- Savdo markazlariga faqat maxsus kod (HES kod) bilangina kirish mumkin bo`ladi. Maxsus kod Turkiya Sog`liqni saqlash vazirligining elektron ilovasi orqali olinadi.

- Barcha bolalar bog`chalari, tayyorlov sinflari va boshqa bolalar ta`lim muassasalari faoliyati to`xtatiladi. Maktab o`quvchilari va talabalar uchun masofaviy o`qitish 2020 yil oxirigacha uzaytirilmoqda.

- Shifoxonalar, o`t o`chirish xizmatlari, polisiya va dorixonalar har kuni hech qanday cheklovlarsiz ishlaydi.

- Komendantlik soati vaqtida faqat uyga etkazib berish xizmati bilan shug`ullanuvchi do`konlar, kafelar va restoranlar ham ishlashni davom ettiradi.

- Agar biror kishida samolyot yoki poezd chiptasi bo`lsa, u aeroport yoki temir yo`l stansiyasigacha etib olish uchun shaxsiy yoki jamoat transportidan foydalanishi mumkin.

- Jamoat transportidan foydalanish, savdo markazi, kasalxona, davlat idoralariga kirish uchun sizdan HES kodi talab qilinadi. Bu Turkiya fuqarolariga ham, mazkur mamlakatda yashash huquqiga (ikamet) ega bo`lganlarga ham tegishli.

- Muntazam ravishda yuz niqobini taqib yurish tartibi, ijtimoiy masofani saqlash va virusga qarshi gigienik qoidalarga amal qilish, shuningdek, ko`chada sigaret chekishga qo`yilgan taqiq o`z kuchida qolmoqda.

Mamlakatda yuzaga kelgan og`ir epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, O`zbekiston Respublikasi Elchixonasining konsullik bo`limi va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hujjatlarni jumladan elektron pochtalar orqali qabul qilishni (Elchixona konsullik bo`limi – uzconsul.ankara@gmail.com, Bosh konsulxona – uzbekconsul@yahoo.com), elektron pochtalar vositasida konsultativ yordam ko`rsatishni boshladi, deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar