my5
Sevimli

Bloger o`zidan 15 yosh katta aktrisa Sitora Farmonova bilan munosabatlari tugaganini ma`lum qildi

Jamiyat 01.12.2020, 22:34
Bloger o`zidan 15 yosh katta aktrisa Sitora Farmonova bilan munosabatlari tugaganini ma`lum qildi

Instaʼbloger Doniyor Kayumov «Tashkent City»da 28 oktyabr kuni o`zidan 15 yosh katta aktrisa Sitora Farmonovaga sevgi izhor qilgan. 30 noyabr kuni Doniyor Kayumov o`zining Instagram sahifasida Sitora Farmonova bilan munosabatlari yomonlashganini ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, ular bir oz muddat birga bo`lgan va har ikkisi ham o`zining Instagram sahifalariga birga tushgan rasm va videolarini yuklagan. Lekin ma`lum muddat o`tgach, ya`ni 30 noyabr kuni Doniyor Kayumov o`zining Instagram’dagi sahifasida aktrisa Sitora Farmonova bilan barcha munosabatlarni tugaganini ta`kidladi. Uning so`zlariga ko`ra, ushbu munosabat rost bo`lgan.

Шарҳлар