my5
Sevimli

“Bunaqasi faqat kinolarda bo`lardi”. Toshkentda sodir bo`lgan holat yuzasidan IIV YHXBB ma`lumot berdi

Jamiyat 01.12.2020, 22:44
“Bunaqasi faqat kinolarda bo`lardi”. Toshkentda sodir bo`lgan holat yuzasidan IIV YHXBB ma`lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqda “Bunaqasi faqat kinolarda bo`lardi” sarlavhasi ostida video lavha tarqalgan edi. 

Holat yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Video lavha o`rganilganda, joriy yilning 21 noyabr kuni soat 21:50 larda, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori N.Dusebaev “Qoraqamish 1 – Qoraqamish 2” ko`chalari kesishgan chorrahada xizmat olib borayotgan vaqtida “Lasetti” rusumli, davlat raqam belgisi 01 R 515 RA bo`lgan avtomobil haydovchisi svetoforning ta`qiqlovchi qizil chirog`ida harakatlanganligi bois jezl va xushtak yordamida to`xtash ishorasini bergan.

Haydovchi YPX xodimining qonuniy talabini bajarmasdan harakatini davom ettirgan. YPX xodimi qoidabuzar haydovchining harakatini cheklash maqsadida o`ziga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan “Lasetti” rusumli, 01 569 VSC davlat raqam belgili xizmat avtomashinasida kuzatib borgan. Ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida “Lasetti” rusumli avtomobil to`xtatilgan va haydovchi, 1999 yilda tug`ilgan A.B.ga nisbatan belgilangan tartibda bayonnoma tuzilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

 

 

 

Шарҳлар