2020 yilning 1 dekabr kuni O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, taniqli adib, faxriy jurnalist Sotvoldi Rajabov 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xabar qilmoqda.
U 1946 yilda Andijon viloyatida tug`ilgan. 1970 yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. “Mushtum” jurnalida, O`zbekiston teleradiokompaniyasi adabiy-dramatik eshittirishlar tahririyatida, Andijon viloyat teleradiokompaniyasida ishlagan.
Hikoya va qissalardan iborat o`nga yaqin kitobi nashr etilgan. Uning “Birovning bolasi” nomli yangi hikoyalar to`plami nashriyotga topshirilgan, chop etilish arafasida edi.
O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Ijod” jamoat fondi jamoasi Sotvoldi Rajabovning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildiradi.
Biz ham marhumning yaqinlariga ta`ziya izhor qilamiz.